14:42 / 14.07.2019
5335

Huawei AQShdagi yuzga yaqin xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda

Foto: Patrick T. Fallon / Bloomberg

Xitoyning Huawei korporatsiyasi AQShdagi Futurewei Technologies, tadqiqotlar bo‘linmasidagi xodimlari sonini qisqartirishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi The Wall Street Journal.

Gazeta suhbatdoshlarining aytishlaricha, ishdan bo‘shaydigan xodimlar soni yuz nafarga yetishi mumkin. Shu bilan birga, kelib chiqishi xitoylik bo‘lgan xodimlarga uylariga qaytish va korporatsiyadagi ishini davom ettirish taklif qilinadi. 

Nashrning ma'lumot berishicha, Texas, Kaliforniya va Vashingtondagi Huawei laboratoriyalarida 850ga yaqin mutaxassis ishlaydi.

Huawei korporatsiyasi mazkur xabarga hozircha izoh bermadi.

Mavzuga oid
Top