07:20 / 14.07.2019
6569

Somalidagi mehmonxonaga hujum vaqtida 26 kishi halok bo‘ldi 

Foto: AFP

Somalining Kismayo shahridagi Asasey mehmonxonasiga hujum vaqtida 26 kishi halok bo‘ldi, 56 kishi yaralandi. Bu haqda mahalliy hokimiyat ma'lum qildi.

Qurbonlar orasida 2 amerikalik, bir britaniyalik, bir kanadalik, 3 nafardan keniyalik va tanzaniyalik bor.

Hujum oqsoqollar va siyosatchilar mehmonxonada uchrashuv o‘tkazib, unda bo‘lg‘usi saylovlarni muhokama qilishayotganda sodir etilgan. Jangarilar mehmonxonaga bostirib kirib, otishma boshlagan.

Ushbu hujum uchun javobgarlikni “Ash-Shabob” o‘z zimmasiga olgandi.

Mavzuga oid
Top