17:55 / 16.07.2019
6626

Navoiy viloyati hokimi Xatirchida sayyor qabul o‘tkazdi

Navoiy viloyati hokimi Qobil Tursunov Xatirchi tumani markazidagi istirohat bog‘ida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.  

Tadbirda viloyat Xalq qabulxonasi rahbari, sektor rahbarlari, viloyat korxona, tashkilot, muassasa va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirok etdi. Sayyor qabulda aholining murojaatlari atroflicha o‘rganib chiqildi.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, joriy yilning birinchi yarim yilligida fuqarolardan tushgan murojaatlarning qariyb 40 foizi joyida hal etilmoqda. Shu sababli Xatirchi tumani aholisidan tashqari, qo‘shni hududlardan ham fuqarolar o‘z muammolariga javob topish uchun sayyor qabulga kelishdi.

Bu galgi sayyor qabulda 37 nafar fuqaro tomonidan 51 ta masala o‘rtaga tashlandi. Bu murojaatlardan 17 tasi joyida hal etildi, 14 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi, 20 tasi masalani hal etish uchun o‘rganish jarayonida. 

Shu kuni Davlat xizmatlari agentligining mobil avtobusi aholiga o‘z xizmatlarini ko‘rsatdi. Shu joyning o‘zida mehnat yarmarkasi, kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Banklar o‘z xizmat turlarini aholiga taqdimot qildi.

Mavzuga oid
Top