11:51 / 19.07.2019
8121

Toshkent shahri markazida qurilish vagoni yonib ketdi

Foto: Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi

2019 yil 19 iyul kuni soat 02:55da, M.Ulug‘bek tumani, Mustaqillik va Shahrisabz ko‘chalari kesishuvida joylashgan qurilish maydoni hududida qurilish vagoni 10 kv.m maydonda yongan. 

Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 03:00da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 03:05da bartaraf etilgan. 

Yong‘in elektr simlarning qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Sodir bo‘lgan yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.

Top