09:05 / 19.07.2019
9569

Yunusobod metro liniyasida navbatdagi burg‘ilash ishlariga start berildi

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Joriy yilning 18 iyul kuni Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishida yopiq usulda qurilayotgan yangi stansiyalar oralig‘idagi tunnelning navbatdagi qismida burg‘ilash ishlari boshlandi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qilmoqda

Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqichi qurilishi loyihasining umumiy qiymati – 124,8 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Barpo etilayotgan yangi yo‘lning umumiy uzunligi 2,93 kilometrdan iborat. 

Loyiha “Toshkent Metroloyiha” MChJ mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra qurilish ishlari joriy yilda to‘la nihoyasiga yetkazilishi ko‘zda tutilgan. 

Ushbu ishlar nihoyasiga yetkazilgach, Yunusobod metro yo‘nalishiga yana ikkita bekat qo‘shiladi. Bular “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari bo‘lib, har ikkisi ham sharqona me'morchilik an'analari asosida barpo etilmoqda.

Top