19:56 / 22.07.2019
28121

Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida qurolli nizo sodir bo‘ldi

Foto: centralasiaonline.com

Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida yuz bergan qurolli nizoda besh kishi jarohatlandi. Bu haqda Qirg‘iziston davlat chegara xizmatiga tayanib TASS xabar berdi.

"Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida nizo kelib chiqqan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, besh kishi jarohatlangan", - deyiladi xabarda.

Nizo nimadan kelib chiqqani va jabrlanganlar qaysi davlat fuqarosi ekanligiga aniqlik kiritilmagan.

Top