08:47 / 22.07.2019
3852

Yaponiya parlamentiga saylovlar natijalari e'lon qilindi

Foto: Global Look Press/Yoshio Tsunoda

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe boshchilik qiluvchi hukmron koalitsiya Yaponiya parlamenti maslahatchilari oliy palatasiga saylovlarda g‘alaba qozondi.

Ta'kidlanishicha, koalitsiya konstitutsiyani ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan uchdan ikki qism o‘rinni egallay olmagan.

Umumiy hisobda hukmron koalitsiyaga kiruvchi Liberal-demokratik partiya va “Komeyto” partiyasi 141 o‘rin, muxolifat va boshqa partiyalar esa 104 o‘rin olgan.

“O‘ylashimcha, biz siyosiy barqarorlikka asoslangan choralarni ilgari surish va bunga tayanib diplomatiya olib borish va davlat manfaatlarini himoyalash uchun uchun aholi ishonchini oldik. Biz bu ishonchni oqlamoqchimiz”, deb aytgan Abe saylovlar natijalariga izoh berib.

 

Mavzuga oid
Top