10:14 / 01.08.2019
7162

1,5 kilogrammga yaqin «opiy» giyohvandlik moddasini 20 000 dollarga sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

2019 yil 29 iyul kuni Samarqand viloyat ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Uning davomida Urgut tumani Mirzabog‘lon qishlog‘ida yashovchilar 29 yoshli A.N. va 25 yoshli D.N.lar “Jartepa” MFY hududida 1 kg. 445,85 gr. “opiy” giyohvandlik moddasini 20 000 AQSh dollariga sotayotganlarida ushlanganlar.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top