21:13 / 04.08.2019
9841

«Manchester Siti» - Angliya superkubogi sohibi

Angliya superkubogi o‘yini yakunlandi. Uning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi va g‘olib aniqlanmadi. So‘ng jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri penaltilar seriyasiga murojaat qilishdi.

O‘yinda hisobni Rahim Sterling ochgandi. Alisson Bekerning xatosidan so‘ng Sterlingning kuchsiz zarbasi to‘rga borib tushib «shaharliklar»ni oldinga olib chiqdi.

77-daqiqada «Liverpul» himoyachilari Van Deyk hamda Matipning kombinatsiyasi gol bilan yakunlandi va kamerunlik futbolchi hisobni tenglashtirdi. G‘olib penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi. Seriyada «Siti»ning qo‘li balandi keldi - 4:5.

Liverpul – Manchester Siti 1:1 (penaltilar seriyasida 4:5)
Gollar: Sterling (12) – Matip (77).
Liverpul: Alisson, van Deyk, Gomes, Roberson, Aleksander-Arnold (Matip, 67), Fabino (Keyta, 67), Xenderson (Lallana, 79), Veynaldum, Firmino (Shakiri, 79), Saloh, Origi (Oksleyd-Chemberlen, 79).
Manchester Siti: Bravo, Otamendi, Uoker, Stounz, Zinchenko, Bernardu Silva, Silva (Gyundogan, 61), Sterling, de Bryuyne (Foden, 89), Sane (Gabriel Jyezus, 13), Rodri Ernandes.

Top