17:01 / 07.08.2019
10969

Polsha hukumati mehnat migrantlarini mamlakatda olib qolish uchun chora ko‘rishga chaqirildi

Foto: rzeszow.wyborcza.pl

Polsha hukumati mamlakatga kelayotgan mehnat migrantlari oqimini boshqara oladigan holatda emas. Bu haqda mamlakat oliy nazorat palatasi ma'ruzasida ma'lum qilindi.

"Davlat ma'muriyati Polshaga kelayotgan xorijliklar sonining o‘sishini boshqara oladigan holatda emas. Migrantlarning mamlakatda bo‘lishini legallashtirish 64 kundan 206 kunga cho‘zilmoqda. Kadrlar muammosi va yetarlicha moliyalashtirilmaganligi sababli samarali, ishonchli va o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatish mavjud emas", - deb ta'kidladi ekspertlar.

Oliy nazorat palatasi migratsiya sohasida davlat siyosatini belgilab beradigan strategik hujjatning yo‘qligini asosiy muammo deb atadi. Palata hukumatga xorijliklarga samarali xizmat ko‘rsatishni ta'minlash bilan birga ana shunday hujjatni ishlab chiqishni tavsiya qildi. Qayd etilishicha, aks holda "mehnat bozoridagi tanqislikni to‘ldirayotgan sabrsiz xorijliklar Polshani tark etishi mumkin".

Ma'lumot berilishicha, Polshada ishlashni istaydigan xorijliklar soni 2014 yildagi 46,9 mingdan 2018 yilda 366,8 mingga yetgan. Mehnat migrantlarining katta qismini ukrainaliklar tashkil etadi.

Top