01:00 / 08.08.2019
9978

Xiaomi 100 megapikselli fotokameraga ega smartfon tayyorlamoqda

Xiaomi Future Image Technology Communication anjumanida Xiaomi kompaniyasi Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi bilan yaqindan hamkorlik qilayotganini ma'lum qildi. Ta'kidlanishicha, bu ittifoq Xitoy kompaniyasiga nafaqat eng sifatli fotokameralarga ega smartfonlar ishlab chiqarishni, balki bu fotokameralar qobiliyatini 100 megapikselgacha oshirishga yordam beradi. 

Foto: Geeknetic

Hozirda smartfonlar uchun rekord suratga olish qobiliyati 48 Mp bo‘lib, bunday sifatdagi fotokameralarga Xiaomi Redmi 7 Pro va Xiaomi Mi A3 smartfonlari ega. Yaqin orada Redmi Note 8 smartfoni sotuvga chiqarilib, u asosiy kameraning 64 Mpli ISOCELL GW1 datchigi bilan jihozlanadi. Yakuniy surat 16 Mp sifatga ega bo‘ladi, chunki bunday modulga suratga olishda 4 ta piksel bir pikselga aylantiriladi.

Joriy yilda Xiaomi shuningdek 108 Mpli Samsung ISOCELL sensoriga ega Mi Mix 4 smartfonini taqdim qiladi. Bunday kameraga olingan suratlar 12030×9020 piksel, tayyor rasm esa 27 Mp sifatga ega bo‘ladi. Kompaniya vakilining ta'kidlashicha, ushbu smartfon taqdimoti yaqin orada bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top