13:04 / 10.08.2019
17450

Chilonzordagi o‘zaro janjal oqibatida bir kishi hayotdan ko‘z yumdi

2019 yil 8 avgust kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 19-dahada yashovchi 25 yoshli G.Z. Xirmontepa mahallasida o‘zaro janjal tufayli mast holda bo‘lgan, Chilonzor tumani 19-dahada yashagan 40 yoshli V.S.ning yuziga qo‘llari bilan urib jarohatlagan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada V.S. kasalxonaga yotqizilgan hamda ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 9 avgust kuni vafot etgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, G.Z. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top