17:45 / 10.08.2019
48398

O‘zbekistonda avtomobillarga gaz to‘ldirish stansiyalariga yetkazib beriluvchi gaz hajmi ochiqlandi

Foto: KUN.UZ

«Hududgazta'minot» AJ avtomobillarga gaz to‘ldirish stansiyalariga tabiiy gaz yetkazib berish hajmini 2019 yil oxirigacha aniqladi. 

«Hududgazta'minot» matbuot xizmati xabarida aytilishicha, ko‘rsatkichlar joriy yilning birinchi yarim yilligi bo‘yicha tadbirkorlarning tabiiy gazga bo‘lgan maksimal talabini aks ettiruvchi so‘nggi ma'lumotlar tahlilini hisobga olgan holda shakllantirilgan.

Qayd etilishicha, oldindan yopiq ma'lumotlarning ommaga e'lon qilinishi keng jamoatchilik va tadbirkorlarning manfaatlarini himoya qilish, shuningdek «ko‘k yoqilg‘i» uchun narx siyosatini takomillashtirishga imkon beradi. Iste'molchilar, birinchi navbatda, tabiiy gazni xomashyo sifatida 2019 yil oxiriga qadar ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish imkonini beradi.

Ta'kidlanishicha, tabiiy gaz yetkazib berish hajmlari endi «Hudutgazta'minot» AJ tomonidan tahliliy ko‘rib chiqilib shakllantiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizimida tashkil etilgan yangi aksiyadorlik jamiyati iste'molchilarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta'minlaydigan gaz taqsimlash tarmoqlari va tegishli jihozlardan foydalanish bilan shug‘ullanadi, deyiladi ma'lumotda.

 

Top