01:17 / 11.08.2019
38573

Namoyishlar girdobidagi Moskva -  10 avgust kuni o‘n minglab kishilar yana namoyishga chiqdi

10 avgust kuni Moskvada shahar kengashi sayloviga mustaqil nomzodlarning nomzodi qo‘yilmaganligi munosabati bilan miting o‘tkazildi. Miting tashkilotchilari unda 100 ming kishi qatnashganini aytdi, «Beliy schyotchik» ma'lumotlariga ko‘ra esa tadbirga qariyb 50 ming kishi kelgan.  

Foto: Georgiy Malets

Hattoki IIVning rasmiy ma'lumotlari bo‘yicha ham bu aksiya 2019 yil yozidagi eng yirik aksiya bo‘ldi (politsiya soat 15:37da 20 ming qatnashchini sanagan). 20 iyulda Saxarov ko‘chasida o‘tkazilgan mitingda «Beliy schyotchik» ma'lumoti bo‘yicha 22,4 ming va IIV ma'lumoti bo‘yicha 12 ming kishi qatnashgandi.  

Foto: Georgiy Malets
Foto: Georgiy Malets
Foto: Georgiy Malets

Miting yana ikkita voqea bilan yodda qoladigan bo‘ldi: politsiya xodimlari radioelektron qurol yordamida dronni tushirmoqchi bo‘lishdi. Ammo buning uddasidan chiqisholmadi: aytishlaricha, mitingda aloqani va  Navalny Live radiokanalini o‘chirish uchun qo‘llangan yana bir qurilma politsiyaning radioelektron qurilmasi ishlashini yo‘qqa chiqargan. Oxir-oqibat politsiyachilardan biri dronni sakrab ushlab olgan.

Foto: Georgiy Malets
Foto: Georgiy Malets

Ikkinchi voqea – ertalab Korrupsiyaga qarshi kurashish jamg‘armasi huquqshunosi Lyubov Sobol aytgan ig‘vo uyushtiruvchilarning kelishi bo‘ldi: unga kimdir mitingda qatnashish uchun guruh, jumladan «ichkilikbozlar, daydilar va lo‘lilar» yollanayotgani haqida ma'lumot bergan. Darhaqiqat, miting chog‘ida ana shunday guruh paydo bo‘ldi: lo‘lilar qo‘shiq kuylashdi, ularning qo‘shig‘iga soqollari o‘sgan va ichib olgan, bo‘yniga «Lyubov Sobol» deb yozilgan yozuvni ilib olgan erkak raqsga tushdi. Sobolning o‘zi miting boshlanishidan avval qo‘lga olingandi va tadbir tugaguniga qadar ushlab turildi.

Foto: Georgiy Malets
Foto: Georgiy Malets
Foto: Georgiy Malets

Saxarov ko‘chasidagi miting rasman 17:00da tugadi, ammo qatnashchilarning bir qismi prezident ma'muriyati joylashgan maydon tomon yo‘l oldi. Shundan so‘ng darhol politsiya, OMON va harbiylar yetib kelishdi va bir yarim soat ichida yuzdan ortiq kishi qo‘lga olindi. 

Hukumat bilan kelishilmagan, Moskva shahar kengashiga saylovlarda nomzodlari qo‘yilmaganlar tomonidan tashkil etilgan mitinglar 14 va 27 iyulda hamda 3 avgustda ham bo‘lib o‘tgandi. Politsiya bu mitinglar davomida 1,7 mingga yaqin kishini hibsga olgan. Tergov qo‘mitasi ommaviy tartibsizlik uyushtirish va hukumat vakillariga hujum qilish moddalari bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atdi.

Foto: Georgiy Malets
Foto: Georgiy Malets
Foto: Georgiy Malets
Foto: Georgiy Malets

Namoyishlarga shahar kengashi deputatligi uchun saylovni o‘tkazishga mas'ul komissiya uyushmagan muxolifat vakillari, xususan mustaqil nomzodlar siyosiy poygada ishtirok etishini yoqlamagani sabab bo‘lmoqda. Komissiya turli vajlar, jumladan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchilar imzosi to‘plangan varaqlarga putur yetganini aytdi. Haqiqiy imzolar soxta, deb topilgan vaziyatlar ham kuzatildi. Vaholanki, bularga oydinlik kirituvchi ekspertiza xulosasi shaffof bo‘lmagani iddao qilindi.

Mavzuga oid
Top