09:03 / 13.08.2019
33037

Test sinovlarining o‘n beshinchi kuni haqida ma'lumot berildi 

Foto: KUN.UZ

Davlat test markazi oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlarining o‘n beshinchi kuni haqida ma'lumot berdi.

2019 yil 13 avgust kuni respublika bo‘yicha 8 ta hududda 1-smenadagi test sinovlari bir vaqtda soat 08:00 da boshlandi.

Test sinovlarida birinchi smenada jami 13 867 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan:

- 13 495 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etmoqda;
- 371 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi;
- 1 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli hududga kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test sinovlari bo‘lib o‘tayotgan hududlar:

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
2. Andijon viloyati;
3. Farg‘ona viloyati;
4. Buxoro viloyati;
5. Xorazm viloyati;
6. Jizzax viloyati;
7. Navoiy viloyati;
8. Samarqand viloyati.

Top