13:52 / 14.08.2019
12976

Bir hafta ichida onlayn auksion orqali 2,5 mlrd so‘mlik avtomobil raqamlari sotildi

Foto: KUN.UZ

2019 yilning 5-11 avgustlarida “O‘zRTXB” AJda 795,4 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi. Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 391,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Shu jumladan, birja savdolarining hajmi 618,0 mlrd so‘mdan 681,5 mlrd so‘mga, yoki avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 10,3 %ga yuqori. Valuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning qiymati avvalgi haftaga nisbatan bir necha marotabaga o‘sib, 6,0 mln AQSh dollarni tashkil etdi. Eksportning tarkibida paxta tolasi 52 %, polietilenning turli markalari 33 %, piroliz gazolini 12 %, va sanoat moylari 3 %ni egalladi.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 29,6 mlrd so‘mni tashkil etdi. Kichik biznes sub'yektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar 5,7 mlrd so‘mni yoki tuzilgan bitimlarning 19,2 %ni egalladi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 716 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,5 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 17,5 % birinchi toifadagi avtoraqamlarga 50,8 % ikkinchi va 31,7 % uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Mavzuga oid
Top