14:06 / 14.08.2019
49398

Peterburgda o‘zbekistonlik ayol zo‘rlangani haqidagi xabarlar tasdiqlandi - TIV

Foto: TIV axborot xizmati

O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi ayol hamyurtimiz N.X.ning zo‘rlangani bo‘yicha jinoiy ish ochilgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi. Ushbu holat bo‘yicha boshqa O‘zbekiston fuqarosi N.X. qo‘lga olingan.

Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilishicha, Bosh konsulxona vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatishicha, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologda oblasti) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.

Bundan oldin, Peterburgda o‘zbekistonlik ayol kaltaklangani va zo‘rlangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top