09:53 / 16.08.2019
29028

Ayrim banklarda dollar 9100 so‘mgacha ko‘tarildi

Foto: Morteza Nikoubazl / Zuma / TASS

16 avgust kuni O‘zbekistondagi ba'zi banklar dollarni 9100 so‘mdan sotishni, 9055 so‘mdan sotib olishni boshladi. So‘nggi uch kun ichida banklarda dollar kursi kamida 100 so‘mga oshdi, deb yozmoqda Spot.

Amerika valutasi birjada ham o‘sib bormoqda. 15 avgust kuni O‘zbekiston valuta birjasidagi savdolar yakuni bo‘yicha 1 AQSh dollari 9061 so‘mni tashkil etdi, bu 14 avgustdagi narxdan 45 so‘mga ko‘proq.

Avgust oyi boshida keskin pasaygan birjadagi savdo hajmi asta-sekin tiklanishda davom etmoqda hamda 15 avgust natijalariga ko‘ra, 111 million dollarni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, 8 avgustdan 13 avgustgacha savdo hajmi 95 million dollarni tashkil qildi. Bunda dollar 8950 so‘mdan savdo qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 16 avgustdan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 179 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 9061 so‘mga yetgan. Bu ilk bor rasmiy kurs 9000 so‘mlik nuqtadan oshishi bo‘ldi.

Top