01:29 / 16.08.2019
28412

Toshkentda shubhali qutilar xavotirga sabab bo‘ldi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkentda patrul-post xizmati xodimi Mirobod tumanidagi uy oldida turli o‘lchamdagi shubhali 6 ta qutini aniqlagan. Xodim qutilarda portlovchi moddalar bo‘lishi mumkinligiga gumon qilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIB matbuot xizmati xabar qildi. 

“Bugun, 15 avgustda, soat 18:46da patrul-post xizmati xodimi Mirobod tumani Mirobod ko‘chasidagi 27/11-uy oldida turli o‘lchamdagi, egasiz 6 ta qutini aniqlab, bu haqda Mirobod tumani IIB navbatchi qismiga xabar qilgan”, deyilgan xabarda.

Shundan keyin voqea joyiga ichki ishlar vazirligining portlovchi moddalarni zararsizlantirish otryadi mutaxassislari yetib kelishgan. 

Tekshiruv vaqtida bo‘sh qutilarda hech narsa yo‘qligi aniqlanib, ular shu uyda joylashgan poyabzal do‘koniga tegishli ekani va ko‘chaga otib yuborilgani o‘rnatilgan.

Top