15:10 / 28.01.2020
0
10603

Afg‘onistonda yo‘lovchi samolyot qulagani tasdiqlanmadi. Bu amerikaliklarning harbiy samolyoti bo‘lgan

AQSh harbiy qo‘mondonligi dushanba kuni kechqurun Afg‘onisonda Amerika harbiy samolyoti qulab tushganini tasdiqladi. Shu bilan birgalikda, harbiylar «Tolibon» tomonidan urib tushirilganini tasdiqlashmagan.

AP PhotolSaifullah Maftoon

«Bugun Amerikaning Bombardier E-11A rusumli samolyoti Afg‘onistonda G‘azni viloyatida qulab tushdi. Hozircha hodisa sabablari o‘rganilmoqda, lekin samolyot dushman tomonidan urib tushirilgani to‘g‘risida dalil mavjud emas», degan Afg‘onistonning Amerikadagi kontingenti vakili Sonni Ledjyett.

U «Tolibon»ning samolyotni toliblar urib tushirgani to‘g‘risidagi bayonotini yolg‘on deb atagan. Ledjyett aviahalokat qurbonlari sonini, shuningdek, samolyotda kimlar bo‘lganini ma'lum qilmagan.

27 yanvar kuni Afg‘onistonning markaziy qismida, «Tolibon» harakati nazoratida bo‘lgan hududda samolyot qulab tushgan edi. Dastlabki xabarlarda bu samolyot Ariana Afghan Airlines aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti bo‘lgani, uning bortida 100 nafardan ortiq kishi bo‘lgani haqida aytilgandi.

Ko‘p o‘tmay «Tolibon» ushbu samolyot halokati uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Ularning tasdiqlashicha, aviahalokat oqibatida Markaziy razvedka boshqarmasi zobitlari halok bo‘lgan.

«Razvedka ishlarini amalga oshirgan samolyot Deh-Yak tumani hududidagi Sado-Xil qishlog‘i yaqinida urib tushirildi», degan harakat vakili Zabihullo Mujohid.

«Tolibon» harakatida samolyot uchuvchi balandlikdagi obektni urib tushirishga qodir zenit-raketa majmuasi mavjudligi to‘g‘risida ma'lumot yo‘q.

Ijtimoiy tarmoqlarda «Tolibon» harakati a'zolari tomonidan AQSh harbiy-havo kuchlari samolyoti qoldiqlari tasvirlangan videolar tarqatildi.

Pentagon Bombardier E-11A  rusumli samolyotlardan Afg‘onistonda razvedka ishlarini olib borishda foydalanadi.

Amerika hukumatidagi manbalardan biri Reyter agentligiga ushbu samolyotda bo‘lganlar soni 10 nafardan oshiq bo‘lmaganini aytgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top