20:49 / 14.01.2020
0
25259

Farg‘onada o‘qituvchiga kuch ishlatgan inspektor, aviahalokat bo‘yicha qo‘lga olingan eronliklar, «Barselona»ning yangi murabbiyi va kunning boshqa xabarlari

Yakunlanib borayotgan 14 yanvar, seshanba kuni O‘zbekiston va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari bilan KUN.UZ dayjestida tanishtiramiz.

 O‘ZBeKISTON YaNGILIKLARI

·       Prezident farmonlari bilan poytaxt va viloyatlar hokimlari lavozimlariga tayinlandi

·       Prezident BAA va Yaponiya bilan hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi

·       Qoraqalpog‘istonda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi saylandi hamda Vazirlar Kengashi Raisi tayinlandi

·       Prezident yuzdan ortiq harbiy xizmatchi va organ xodimlarini mukofotladi

·       Mahalliy kengashlarga saylovlar natijasi: partiyalarning hududlardagi ko‘rsatkichlari e'lon qilindi

 

Sohalardagi yangiliklar

 ·       O‘zbekistonda avtomobil yo‘llari bo‘yicha yangi jamg‘armalar tuziladi

·       2020 yil 1 martdan yangi namunadagi kadastr pasporti joriy qilinadi

·       Majburiy ijro byurosining qonuni qachon qabul qilinadi? Prezidentning bu boradagi ikki topshirig‘i ijrosiz qolmoqda

·       Xitoydagi noma'lum virus. O‘zbekistonda kasallik kirib kelishiga qarshi qanday choralar ko‘rilmoqda?

·       O‘zbekiston hukumati paxta terimiga aloqador yangi qaror qabul qildi (batafsil)

 

Jamiyat

 ·       Qabul-2020: Fanlar majmuasidagi asosiy o‘zgarishlar

·       Test topshirmagan holda oylik ustama oladigan o‘qituvchilar ro‘yxati kengaytirildi

·       Rossiyaga qatnovchi o‘zbekistonlik haydovchilar yangi bojxona tartibidan shikoyat qilmoqda (video)

·       Samarqand viloyat sudi ish vaqtida falaj bo‘lib vafot etgan yollanma ishchi foydasiga ajrim chiqardi

·       Akusherlik va ginekologiya markazidagi talon-torojlik: markazning 5 nafar mansabdori qamoqqa olindi

·       Farg‘onada YPX inspektori o‘qituvchini yerga yiqitib, majburlab mashinaga o‘tqizdi

 

JAHON XABARLARI

 ·       Tramp AQSh bayrog‘ini toptashdan bosh tortgan eronliklarni maqtadi

·       Ukraina «Boing»i halokati: Eronda bir necha kishi qo‘lga olindi

·       Iroq AQSh qo‘shinlarini chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qaror qayta ko‘rib chiqilmasligini bildirdi

·       Tramp 7 oy avvaloq general Sulaymoniyni bir shart bilan yo‘q qilishga rozi bo‘lgan – NBC

·       Bashar Asad general Sulaymoniyni o‘limidan keyin orden bilan mukofotladi

 

SPORT XABARLARI

·       «Barselona» Valverdeni iste'foga chiqarib, yangi bosh murabbiyni e'lon qildi. Kike Seten kim?  «Barsa» nega Setenni tayinladi? «Barsa»ning yangi murabbiyi haqida 10ta fakt

·       Cheran: «Paxtakor»ning yillik budjeti 20 mln yevro, ular Adebayor va Obi Mikelni olib kelishmoqchi»

·       «Keyrushni O‘zbekistonga chaqirmoqchi edilar, ammo u 6-7 million yevro maosh so‘radi» 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top