22:59 / 28.09.2018
59628

Buxoro viloyati hokimi «O‘zbekiston havo yo‘llari»dan norozi bo‘ldi 

Foto: kun.uz

Buxoro viloyatining beqiyos turistik imkoniyatlaridan samarali foydalanishga to‘siq bo‘layotgan holatlar mavjud. Bu haqda Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev Senatning o‘n oltinchi yalpi majlisida hisobot berdi. 

Kun.uz muxbiri ma'lumotiga ko‘ra, hokim «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK tomonidan hatto turistik mavsum paytida ham Buxoroga haftasiga bor-yo‘g‘i 4 marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilganini ta'kidlagan. 

«Viloyat hokimligi va boshqa tuzilmalarning Buxoro xalqaro aeroporti imkoniyatlaridan to‘la va samarali foydalanishga qaratilgan tashabbuslari aviakompaniya ma'muriyati tomonidan e'tiborsiz qoldirilmoqda», deydi Barnoyev. 

O‘ktam Barnoyevga ko‘ra, Turkiya Respublikasidagi aviakompaniyalar bilan hamkorlikni, xalqaro aeroport tomonidan tranzit xizmatini yanada keng yo‘lga qo‘yish bo‘yicha xorijiy hamkorlarning roziligi bo‘lsa-da, bu borada amaliy ishlar «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK tomonidan zarur darajada qo‘llab-quvvatlanmayapti. 

Bundan avval, O‘zA milliy aviakompaniya va turk aviakompaniyalari o‘rtasida chipta narxlari katta tafovutda ekanini iddao qilgandi. 

«O‘zbekiston havo yo‘llari» orasidagi bitimlar ko‘rsatiladigan xizmatlar va yoqilg‘i 3-4 barobar qimmat bo‘lgani uchun Toshkent-Istanbul, Toshkent-Antaliya yo‘nalishlari qimmatlab ketadi», deyiladi agentlik xabarida.

Mavzuga oid
Top