22:04 / 22.01.2021
51508

Farg‘onalik o‘qituvchining 9 nafar o‘quvchisi viloyat olimpiadasida g‘olib bo‘ldi

Farg‘ona viloyatida informatika fani o‘qituvchisi Odinaxon Yo‘ldoshevaning olimpiadaga olib chiqqan barcha o‘quvchilari respublika bosqichiga chiqdi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi xabar qildi.

Foto: Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati

Odinaxon Yo‘ldosheva – Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani 65-IDUMI informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi, xalq ta'limi a'lochisi.

Uning 9–11-sinflardan olib chiqqan 9 nafar o‘quvchisining barchasi viloyat fan olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

«Bunday natijaga erishishida uning o‘quvchilari bilan birgalikda tinim bilmay shug‘ullanishi va o‘z kasbiga sidqidildan yondashishi sabab.

Bu yutuq Odinaxon Yo‘ldoshevaning boshqa hamkasblariga ham namuna bo‘lishiga ishonamiz», – deyiladi vazirlik xabarida.

Top