12:42 / 12.11.2022
31918

Tasma tutgan Nizomiddinov, sahnaga sig‘magan «g‘olib»lar va 18 ta mashina – kasaba uyushmalari bayramidan reportaj

11 noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Kun.uz muxbiri ushbu tadbirdan fotoreportaj taqdim qiladi.

Tadbir Toshkentning tarixiy binolaridan biri – sobiq «Sverdlov» nomli konsert zali binosi negizida qayta qurilgan «O‘zbekiston kasaba uyushmalari saroyi»ning ochilish marosimi bilan boshlandi.

Ochilish marosimida faxriylardan biri ramziy tasmani vaqtidan ilgari kesib qo‘ydi. Prezident administratsiyasining sobiq rahbari, ayni vaqtda Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Zaynilobiddin Nizomiddinov epchillik qilib, tasmani ushlab turdi.

Marosimda Qudratulla Rafiqov boshchiligidagi Kasaba uyushmalari federatsiyasi rasmiylari, Oliy majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, Qonunchilik palatasi Spikeri birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov, deputatlar Aktam Hayitov, Rustam Kalonov va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovlar qatnashdi.

Prezident maslahatchisi Muzaffar Komilov Shavkat Mirziyoyevning Kasaba uyushmalari a’zolari va faollariga bayram tabrigini o‘qib berdi.

Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Zaynilobiddin Nizomiddinov
Kasaba uyushmalari respublika Kengashlari raislari

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevlar tadbirda ko‘p qolishmadi.

 

Ichki ishlar vaziri maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov va aktyor Yodgor Sa’diyev
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Azizbek Ikramov (o‘ngda)
Qo‘shiqchi Sherali Jo‘rayev

Tadbirda respublika bo‘ylab turli soha vakillariga mukofotlar topshirildi. Mukofot va turli unvon olganlar shunchalik ko‘p bo‘ldiki, ularning ayrimlari sahnaga ham sig‘may qoldi.

Shuningdek, «Eng yaxshi mahalla raisi», «Eng yaxshi sektor rahbari», «Eng namunali ish beruvchi ayol», “Eng yaxshi hokim yordamchisi», «Eng yaxshi yoshlar yetakchisi» va «Eng yaxshi xotin-qizlar faoli» tanlovining g‘oliblariga diplom va avtomobillar sovg‘a qilindi.

Xususan, 3-o‘rin g‘oliblariga «Spark», 2-o‘ringa «Kobalt» va 1-o‘ringa «Jyentra» (jami 18 ta) avtomobillari topshirildi.

Mavzuga oid
Top