14:54 / 09.01.2020
0
8696

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida ko‘chki xavfi e'lon qilindi 

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida ko‘chki xavfi e'lon qilindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida aytilgan.

Qayd etilishicha, joriy yilning 9 yanvar kunidan 13 yanvar kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasining tog‘li hududlarida ko‘chki xavfi mavjud.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan ehtiyot choralarini ko‘rish hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, 1050 qisqa raqamga murojaat etishni so‘ragan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top