17:01 / 21.02.2020
1
34498

Umurzoqov Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifini misli ko‘rilmagan deb atadi

O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga amalga oshirgan tashrifini misli ko‘rilmagan deb atadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Aniq aytish mumkinki, Turkiyaga tashrif mazmuni, sifati, muhokama qilingan masalalar va kelishuvlar darajasi bo‘yicha misli ko‘rilmagan bo‘ldi», - dedi u Kun.uz muxbirining savoliga javob qaytarib.

Shu bilan birga, vazirning tan olishicha, «biz ko‘plab davlatlardan bo‘lgan sheriklar, shu jumladan, turkiyalik hamkorlar bilan ham to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni endi o‘rganyapmiz». «Tashrif davomida umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan yangi investitsiya loyihalari va savdo shartnomalarini amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Bundan tashqari, bir qator yirik yo‘nalishlar bo‘yicha rejalar mavjud», - deya qo‘shimcha qildi Umurzoqov. 

Shu bilan birga, Ronesans Holding turk holdingi O‘zbekistondagi loyihalarga qariyb 8 milliard dollar sarmoya yo‘naltirishni rejalashtirmoqda. Kompaniya bilan «O‘zmetkombinat» AJni modernizatsiya qilish va rivojlantirishga 630 million yevro miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga 4,1 milliard dollar miqdorida investitsiya kiritish, shuningdek, kasalxonalar va savdo markazlari qurilishi bo‘yicha qariyb 3 mlrd dollar qiymatidagi yangi loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. 

2020 yil yakuniga qadar tomonlar o‘zaro savdo aylanmasi hajmini 3 milliard dollarga, keyingi yilda 5 milliard dollarga yetkazishi kutilmoqda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-20 fevral kunlari Turkiyaga tashrif buyurdi va u yerda ikki mamlakat rahbarlari raisligida birinchi marotaba oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top