13:19 / 23.01.2020
9
24865

O‘zbekiston korrupsiya indeksida o‘z o‘rnini biroz yaxshiladi

Foto: KUN.UZ

Transparency International huquqni himoya qilish tashkiloti 2019 yilgi Korrupsiyani qabul qilish indeksini (Corruption Perception Index) e'lon qildi.

O‘zbekiston ushbu indeksda o‘rnini biroz yaxshilab, 25 ball to‘pladi. Mamlakat 180 davlat va hududlar orasida 153-o‘rinni egalladi (o‘tgan yilgi ko‘rsatkich - 158-o‘rin). 

0 balldan (juda yuqori darajadagi korrupsiya) 100 ballgacha (juda past darajadagi korrupsiya) bo‘lgan shkala bo‘yicha baholash reytingidan iborat korrupsiyani qabul qilish indeksi davlat sektoridagi korrupsiya haqida ekspertlar bergan baholarga asoslanadi.

Rossiya, bir yil oldin bo‘lgani kabi, 180 o‘rindan 137-pog‘onani egalladi. O‘tgan yilga nisbatan reytingda eng katta sakrash Armaniston tomonidan amalga oshirildi. Agar 2018 yilda mamlakat 101-o‘rinni egallagan bo‘lsa, yangi reytingda u 77-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 

Boltiqbo‘yi mamlakatlari orasida Estoniya eng yuqori o‘rinni egalladi (18), undan keyin Litva (35), so‘ng Latviya (44-o‘rin) bormoqda. 

Gruziya bu yil bir necha pozitsiyani yo‘qotib, 44-pog‘onadan joy oldi. Belarus o‘tgan yili 70-o‘rinni egallagan bo‘lsa, bu yil 66-o‘rinda qayd etildi. Ukraina reytingda pasayib, 2017 yil holatiga qaytdi - 126-o‘rin. Reytingda uning qo‘shnilariga Qirg‘iziston va Ozarboyjon aylandi. Qozog‘iston reytingda biroz ko‘tarildi (124-o‘rindan 113-o‘ringa). Tojikistonning pozitsiyasi o‘zgarishsiz qoldi (153-o‘rin). Turkmaniston reytingda yanada pasaydi - 161-o‘rindan 165-o‘ringa.

Reyting yetakchilari deyarli o‘zgarmadi. Birinchi pog‘onada - Yangi Zelandiya va Daniya, ro‘yxat oxirida - Somali, Janubiy Sudan va Suriya.

 
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top