10:55 / 16.09.2019
5
16846

Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar kengashiga qo‘shilish haqidagi qonunni imzoladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimini (Naxichevan, 2009 yil 3 oktabr) ratifikatsiya qilish haqidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi xalqaro hukumatlararo tashkilot bo‘lib, faoliyatining asosi turkiy tilli mamlakatlar o‘rtasida do‘stlik va qo‘shnichilikni mustahkamlash, hududda va jahonda tinchlikni saqlash, xavfsizlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlashga qaratilgan.

Hozirgi vaqtda 4 ta davlat: Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi a'zolari hisoblanib, mazkur tashkilot 2009 yil 3 oktyabrda  Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan bitimiga muvofiq tasdiqlangan. 

Tashkilot Turkiy tilli davlatlarning rahbarlari kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Katta mansabdor shaxslari qo‘mitasi, Oqsoqollar kengashi va Kotibiyatdan tarkib topgan bo‘lib, a'zo mamlakatlarning iqtisodiy, investitsiya, bojxona, transport, ta'lim, turizm, axborot kabi sohalarda mutasaddi tashkilotlar va mutaxassislari ishtirokida  uchrashuvlar tashkillashtirilib, har bir a'zo davlatning manfaatidan kelib chiqqan holda kelishuvlarga erishiladi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top