11:02 / 29.10.2020
12104

Sardobaliklar yangi uylarga ko‘chadi. Bosh vazir yangi mahallalardagi sharoit bilan tanishmoqda

Bugun, 29 oktabr kuni bosh vazir Abdulla Aripov Sirdaryo viloyatining uch tumani: Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlaridagi texnogen ofatdan talafot ko‘rgan hududlarida barpo etilgan yangi mahallalarda bo‘lib, bajarilgan ishlar bilan tanishmoqda.

Abdulla Aripov prezident topshiriqlarini amalga oshirish masalalarini tumanlar faollari bilan muhokama etmoqda.

Kun.uz muxbiri xabar berishicha, bosh vazir ishtirokidagi yig‘ilishda yangi qurilgan uylarga Sardoba texnogen ofatidan zarar ko‘rgan aholining ko‘chib kirishi bilan bog‘liq masalalar ko‘rilmoqda.

Xususan, yangi qurilgan uylarni tarqatishda shaffoflik va oshkoralikni ta'minlash kerakligi, uylarni taqsimlashda fuqarolarning ma'lumotlari bilan - pasport nusxasi, ro‘yxatga qo‘yilganligi to‘g‘risida, oilaviy sharoiti, oila a'zolari, fuqaroning uy-joyi to‘g‘risida tanishib chiqish lozimligi aytildi.

Uchta tumanda qurilgan ko‘p qavatli uylar va qayta tiklangan uy-joylarda «Xavfsiz mahalla» tizimini ishlab chiqish, ularda yashovchi aholining bandligini ta'minlash bo‘yicha ham topshiriqlar berilmoqda.

Mavzu
Sardobada suv toshqini
1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqdi.
Barchasi
Top