15:47 / 02.03.2019
21221

Samarqanddagi maktabda janjal: YoChT o‘qituvchisi o‘quvchini urib, jarohat yetkazdi

Illyustrativ foto

2019 yilning 23 fevral kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida joylashgan o‘rta maktabning Yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash fani o‘qituvchisi D.B. sinf xonasida o‘zaro janjal oqibatida shu maktabning 11-sinf o‘quvchisi J.X.ning qorniga qo‘li bilan urib jarohat yetkazgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, ro‘y bergan hodisa oqibatida J.X. kasalxonaga yotqizilgan. D.B. ushlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top