14:27 / 17.01.2017
22095

Daewoo va Hyundai Tolimarjon IESni modernizatsiya qilishni yakunladi

Foto: Uzbekenergo.uz

Janubiy Koreyaning Daewoo va Hyundai kompaniyalaridan iborat xalqaro konsorsium Qashqadaryo viloyati Tolimarjon IESida jami quvvati 900 MVT bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasini o‘rnatishni yakunlagan. 

«O‘zbekenergo» AJ ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda, amalga oshirilgan investitsiya loyihasi doirasida IES elektr energiyasi ishlab chiqarmoqda. 

2013 yil martida Daewoo va Hyundai kompaniyalari xalqaro tender natijalariga ko‘ra, «O‘zbekenergo» AJ bilan Tolimarjon IESni modernizatsiya qilish bo‘yicha 861 mln dollarlik shartnomani imzolagan edi.

Bitim shartlariga ko‘ra, konsorsium stansiyada har biri 450 MVT bo‘lgan ikkita bug‘-gaz uskunasini o‘rnatishi lozim edi. Loyiha doirasida qurilmalarni Yaponiyaning Mitsubishi Corporation korporatsiyasi yetkazib bergan. 

Umumiy qiymati 1,28 mlrd dollar bo‘lgan loyiha Osiyo taraqqiyot bankining 350 mln dollar, Yaponiya xalqaro rivojlanish agentligi (JICA)ning 300 mln dollar, O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot fondining 250 mln dollar miqdoridagi krediti va «O‘zbekenergo» AJning o‘z mablag‘lari hisobiga moliyalashtirildi. 

Top