19:51 / 25.12.2019
35
207167

Foto: UzAuto Motors to‘rtta yangi krossoverini taqdim etdi

UzAuto Motors kompaniyasi premium segmentdagi Equinox krossoveri, Trailblazer va Tahoe yo‘ltanlamasi hamda Chevrolet Traverse oilaviy krossoveri taqdimotini o‘tkazdi.

UzAuto Motors Powertrain zavodi. Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

Taqdimot bugun, 25 dekabr kuni UzAuto Motors Powertrain zavodi hududida bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Chevrolet Trailblazer (Shevrole Treylbleyzer)

Shevrole Treylbleyzer. Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ
Shevrole Treylbleyzer. Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

Trailblazer – ham sayohatlar, ham kundalik hayot uchun mos keladigan, kuchli dvigatelga ega avtomobil. 3,6 litr hajmdagi dvigatel 275 ot kuchiga ega.

Shevrole Treylbleyzer. Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

Dvigatel 6 pog‘onali avtomat uzatma bilan jihozlangan bo‘lib, soatiga 100 km tezlik olishi uchun 9,1 soniya kifoya qiladi. Aralash siklda yoqilg‘i sarfi 100 km uchun 9,7 litrni tashkil qiladi.

Shevrole Treylbleyzer. Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ
Shevrole Treylbleyzer. Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

Boshqaruvga qo‘shimcha tarzda audio tizim va kruiz nazorati mavjud. Shuningdek, ushbu yo‘ltanlamas qiyaliklardan pastga tushadigan yordamchi tizim, yomg‘ir sezgich, bort kompyuteriga ega. Haydovchiga salonga kalitsiz kirish hamda Chevrolet MyLink texnologiyasi ham taklif etiladi.

Trailblazer eng so‘nggi xavfsizlik tizimlariga bilan jihozlangan. Oltita xavfsizlik yostig‘i bilan birga kunduzgi chiroqlar, elektronik barqarorlikni boshqarish, shinalar bosimi signallari hamda boshqa ko‘p qulayliklarga ham ega.

Shevrole Treylbleyzer. Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

Avtomobil O‘zbekistonda 8ta rangda taqdim etiladi.

Chevrolet Traverse (Shevrole Travers)

8 nafargacha yo‘lovchiga mo‘ljallangan o‘rindiqlar va biznes sinfidagi eng keng yukxona, haydash rejimi va to‘liq uzatmaning eng ilg‘or tizimini tanlash funksiyasi, bashang tashqi ko‘rinish va ishlov berilgan salon – shu xususiyatlari bilan ushbu avtomobil har qanday vazifaga moslasha oladi.

Shevrole Travers. Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

Bu sifatlar qatoriga uning eng so‘nggi xavfsizlik texnologiyasi va qulaylik uchun qo‘shimcha funksiyalarni ham qo‘shish mumkin.

Traverse dvigateli 318 ot kuchiga ega va 7,8 soniyada 100 km/soat tezlikka chiqadi.

Shevrole Travers. Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

Intellektual to‘liq boshqaruv tizimi sirpanchiq yoki qorli yo‘llarda avtomobil boshqaruvini osonlashtiradi, old uzatmani tanlash esa qo‘shimcha yoqilg‘i tejashni ta'minlaydi. Bundan tashqari, haydovchi oldingi yoki to‘liq uzatmaga harakat vaqtida ham o‘tishi mumkin.

Shevrole Travers. Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

Chevrolet Traverse o‘zgaruvchan elektr boshqaruvi tizimi va besh richagli mustaqil orqa osma bilan jihozlangan. Bu orqali Traverse yo‘lni yaxshiroq his qilish imkonini beradigan ishonchli boshqaruvni ta'minlaydi.

Shevrole Travers. Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ
Shevrole Travers. Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

Avtomobil O‘zbekistonda 5 xil rangda taqdim etiladi.

Chevrolet Tahoe (Shevrole Taxo)

Chevrolet Tahoe – ushbu yo‘ltanlamasga o‘zining afsonaviy maqomini isbotlashning hojati yo‘q. Avtomobil o‘zida V8 dvigatelining mislsiz kuchi va keng intererning birinchi darajali qulayligini ideal darajada mujassamlashtirgan.

Shevrole Taxo. Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

Yuqori sifatli materiallar bilan bezatilgan salon, 8 dyuymli sensorli ekran bilan jihozlangan zamonaviy Chevrolet MyLink multimedia tizimi, yangilangan 6,2 litrli V8 EcoTec dvigateli, 426 ot kuchiga ega quvvat – buni qulaylik va texnik mukammallik uyg‘unligi deyish mumkin.

Shevrole Taxo. Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

Avtomobil 8 nafar yo‘lovchini sig‘dira oladi. Ikkinchi va uchinchi qatorlarning o‘rindiqlari yig‘ilganda, bagaj xonasining hajmi 2680 litrgacha yetadi.

Shevrole Taxo. Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

Yo‘lning barqarorligi g‘ildirak bazasining uzunligi 2946 mm, yo‘lning yopiqligi – 200 mm bo‘shliq bilan ta'minlanadi.

Shevrole Taxo. Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

Dvigatel 6 pog‘onali avtomat uzatma bilan jihozlangan bo‘lib, 100 km/soat tezlikka 6,8 soniyada chiqadi. 100 km uchun 9,7 litr yoqilg‘i sarf qiladi.

Shevrole Taxo. Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

Avtomobil uchta rangda taqdim etiladi.

Chevrolet Equinox (Shevrole Ekvinoks) 

Yaxshi o‘ylangan ergonomikaga ega ixcham, manevrli krossover. Asosan shaharda foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Shevrole Ekvinoks. Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ
Shevrole Ekvinoks. Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

Qolaversa, 9 bosqichli avtomat uzatma avtomobildan shahar tashqarida ham foydalanishga imkon beradi. Yoqilg‘i idishi hajmi – 59 litr.

2.0 Turbo dvigatelga ega va iste'moli aralash siklida 8,2 l/100 km.ni tashkil qiladi. Tezlashish ko‘rsatkichi – 100 km/s uchun 7,8 soniyaga teng.

Shevrole Ekvinoks. Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

Qo‘shimcha qulayliklari – salonga kalitsiz kirish, panoramali lyuk, eshik va yukxona bo‘limining elektruzatmasi, svetodiodli orqa va old faralar, isitiladigan va elektrbukiladigan oynalar.

Shevrole Ekvinoks. Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

Klassik holatda yukxona hajmi 670 litrni tashkil etadi. Orqa o‘rindiqlar yig‘ilganida esa yukxona sig‘imi 1627 litrgacha yetadi.

Equinox O‘zbekistonda 5 xil rangda taqdim etiladi.

Shevrole Ekvinoks. Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

Chevrolet Trailblazer, Chevrolet Traverse hamda Chevrolet Tahoe avtomobillarini sotish 2019 yilning 26 dekabridan boshlanadi.

Chevrolet Equinox'ga esa 2020 yilning mart-aprel oylaridan boshlab buyurtma berish mumkin.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top