14:09 / 23.04.2019
18621

O‘zbekistonda sement importiga imtiyozlar bekor qilinadi

Foto: Flickr

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xomashyo turlari bilan barqaror ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 17 yanvardagi PQ-3479 sonli qarorini qisman o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida»gi qaror loyihasi joylashtirildi.

Hujjat qurilish materiallarini ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirish, bozorda teng raqobat sharoitlarini yaratish, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlashni tashkil etishni rag‘batlantirish, ilg‘or texnologiyalar joriy etish, sohaga investitsiyalar jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida hamda ichki ishlab chiqarish hajmlaridan kelib chiqib qabul qilinishi mumkin.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xomashyo turlari bilan barqaror ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 17 yanvardagi PQ-3479 sonli qarori bilan tasdiqlangan 2020 yil 1 yanvarga qadar muddatga import qilishda bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyoz beriladigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) mahsulot, xomashyo va materiallar ro‘yxati 1-bandi (Tsement, shu jumladan, sement klinkeri) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanishi mumkin.

2020 yil 1 yanvarga qadar muddatga import qilishda bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyoz beriladigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) mahsulot, xomashyo va materiallar ro‘yxatida shu paytgacha beshta band bor edi:

T/r

Tovar nomi

TIF TN kodi

1.

Tsement, shu jumladan, sement klinkeri

2523

2.

Asbest

2524

4.

Yog‘och-taxta va yog‘och-taxta materiallari

4403, 4404, 4406, 4407

5.

Ko‘mir

2701, 2702

 

Top