14:57 / 03.05.2018
5052

O‘zbekiston Rossiyada yana to‘rtta konsulxona ochishni rejalashtirmoqda

2018 yilda O‘zbekiston Rossiyaning Qozon, Rostov-Don, Vladivostok va Yekaterinburg shaharlarida konsulxona ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakatning Rossiyadagi elchisi Bahrom Ashrafxonov «Narodnoye slovo» gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Foto: Xalq so‘zi gazetasi

«Davlatimiz rahbarining Rossiyada o‘zbekistonliklarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi topshirig‘ini bajarish uchun, fuqarolarning murojaatlari ko‘payganidan kelib chiqqan holda, Rossiya Federatsiyasining bir qator federal okruglarida yangi konsullik muassasalarini ochish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Joriy yilning mart oyidan beri Sankt-Peterburgdagi yangi bosh konsulxona faoliyat yuritmoqda. 2018 yilda Qozon, Rostov-Don, Vladivostok, Yekaterinburg shaharlarida konsulxonalar ochilishi kutilmoqda», - dedi elchi.

Foto: Xalq so‘zi gazetasi

Bahrom Ashrafxonov ushbu muassasalar faoliyatining boshlanishi Rossiya Federatsiyasida istiqomat qiluvchi yoki ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga sifatli konsullik xizmatlarini ko‘rsatish, muammolarni o‘z vaqtida va to‘liq hal etish, umuman, ularning huquqlarini yanada samarali himoya qilish imkonini berishi mumkinligiga ishonch bildirdi.

 

Top