18:51 / 18.03.2021
1756

Andijondan Xonobodga poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Foto: KUN.UZ

Navro‘z bayrami arafasida Andijon—Xonobod temir yo‘l liniyasida sinov tariqasida yo‘lovchi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.

«Andijon—Savay—Xonobod temir yo‘l uchastkalaridagi barcha qurilish ishlari yakuniga yetib qolgan», — deya xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

«Toshtemiryo‘lloyiha» mas'uliyati cheklangan jamiyati mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga ko‘ra, bu yerda 520 ming kub metr tuproq ishlari bajarilgan. Shuningdek, 45 ta sun'iy inshoot (1 ta temir yo‘l ko‘prigi) qurilgan. Mavjud 53,2 kilometr temir yo‘llar ta'mirlanib, 10,2 kilometr masofada yangi po‘lat izlar yotqizilgan. Shuningdek, jami 7 ta avtomobil va temir yo‘l kesishmasi bunyod etilgan.

Top