21:10 / 20.01.2023
35460

O‘zbekiston 2022 yilda Xitoyga 1 mlrd dollarlik gaz sotgani ma’lum bo‘ldi 

Xitoyga quvur orqali gaz yetkazib beruvchi mamlakatlar orasida O‘zbekiston beshinchi o‘rinda qayd etilgan. 

Foto: RIA Novosti

O‘zbekiston 2022 yilda quvur orqali Xitoyga 1,07 mlrd dollarlik gaz sotgan. Bu haqda Xitoy Bojxona bosh boshqarmasiga tayanib TASS xabar berdi. 

Departament ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyga quvur orqali gaz sotuvchi davlatlar orasida Turkmaniston birinchi o‘rinni egallab turibdi: 12 oy davomida bu mamlakatdan Xitoyga yetkazib berilgan gaz qiymati 10,25 milliard dollarni (o‘sish 51 foiz) tashkil etgan.  

Ikkinchi o‘rinda Rossiya (3,98 mlrd dollar, o‘sish 263 foiz), uchinchi o‘rinda Myanma (1,43 mlrd dollar, o‘sish 1,3 foiz), to‘rtinchi o‘rinda Qozog‘iston (1,08 mlrd dollar, kamayish 4 foiz) va beshinchi o‘rinda O‘zbekiston (1,07 mlrd dollar, o‘sish 33,9 foiz) qayd etilgan.

Top