01:11 / 11.09.2020
4861

Bog‘chalarning surunkali kasalligi bor xodimlariga masofadan ishlashga ruxsat beriladi

Maktabgacha ta'lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Umida Muhiddinova tizimda faoliyat yurituvchi xavf guruhidagi xodimlarga ish joyida qanday sharoit yaratilishi haqida ma'lumot berdi.

«Bu borada xodimlarning vaziyati hisobga olingan va surunkali kasalliklari bor xodimlarga xohishiga qarab uyda qolishiga ruxsat berilgan. Ularga o‘zlarining holatidan kelib chiqib, masofaviy tarzda ishlash taklif qilingan. Lekin xodimga ishga chiqishni taqiqlashga haqqimiz yo‘q.

Biroq har bir MTT xodimi har 6 oyda rejalashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bundan tashqari, hozir ulardan koronavirusga test ham olinyapti», – dedi Umida Muhiddinova.

Eslatib o‘tamiz, prezident qarori bilan maktab va shifoxonalardan tashqari, bog‘chalar xodimlari ham grippga qarshi bepul emlanadi.

Avvalroq xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov ham tizimda ishlayotgan xavf guruhiga mansub o‘qituvchilar masalasiga to‘xtalib, respublika bo‘yicha 20 mingdan oshiq o‘qituvchi pensiya yoshida ekanini aytgandi.

Bog‘chalar qachondan va qay tartibda ochilishi ma'lum bo‘ldi

Bog‘chalarda kamida 5 kunlik ichimlik suvi zaxirasi bo‘lmasa, ularga ishlashga ruxsat berilmaydi — MTV

Top