11:58 / 22.05.2018
14347

O‘zbekistonda internet bilan bog‘liq muammolar bor ekanini tan olamiz - Ro‘ziyev 

Foto: «O‘zbektelekom»

Abonentlar bir necha yildan beri taqdim etiluvchi xizmatlar sifatidan norozi. Bu haqda «O‘zbektelekom» bosh direktori Farhod Ro‘ziyev #MITCROADMAP2018 anjumanida ma'lum qildi.

«Bozor bu holatdan charchadi hamda bu hayratlanarli emas. Sababi, internet jamiyatning ajralmas bir qismiga aylandi. «O‘zbektelekom» go‘yoki hech narsani ko‘rmay, barchasiga javoban jim turishda davom etmoqda. Yo‘q, biz barchasini bilamiz. Bugun O‘zbekistonda internet bilan bog‘liq muammolar bor ekanini tan olamiz. Bu nafaqat kishilarning hayot sifatiga ta'sir qiladi, balki iqtisodiyot rivojiga ham ta'sir ko‘rsatadi. Biz bu vaziyatni to‘g‘rilamoqchimiz», - deya aytib o‘tdi Ro‘ziyev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Skype ishi tiklangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top