23:04 / 12.08.2020
11276

17 avgustdan masjidlar ochiladi, hozircha juma namozlariga ruxsat yo‘q

O‘zbekistonda masjidlar bosqichma-bosqich yana faoliyat ko‘rsata boshlaydi. 

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda 17 avgustdan diniy tashkilotlar faoliyatiga ruxsat beriladi. Shu bilan birgalikda, masjidlarda hozircha juma namozlari o‘qilishi boshlanmaydi.

«17 avgustdan diniy tashkilotlar faoliyatiga (har kuni dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish hamda qat'iy ijtimoiy masofani saqlash cheklovlariga rioya etilishini ta'minlagan holda) ruxsat beriladi. Bunda, diniy tashkilotlarda juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlarni vaqtinchalik amalga oshirmaslik talab etiladi», deyiladi komissiya axborotida.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020 yil 10 iyuldan e'tiboran 1 avgustga qadar diniy tashkilotlar, jumladan, masjidlar faoliyati to‘xtatilgan edi. Keyinroq Maxsus komissiyaning 26 iyuldagi qaror bilan karantin cheklovlari 15 avgustga qadar uzaytirilgandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top