14:37 / 01.08.2020
76288

Toshkent viloyat sudi sudyasi koronavirusdan vafot etdi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi Xayriddin Shermuhamedov 53 yoshida koronavirusdan vafot etdi. Bu haqida Sudyalar oliy kengashi Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, Toshkent viloyat sudi sudyasi 31 iyul kuni vafot etgan. U koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan va kasalxonada davolanayotgan bo‘lgan.

Sudyalar oliy kengashi marhumning oila-a'zolari va yaqinlariga ta'ziya izhor qilgan.

Hozircha uning vafoti Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan rasmiy statistikada qayd etilmadi.

Ma'lumot uchun, X.Shermuhamedov «Ahmadboy ishi»ni ko‘rgan va 2020 yilning fevralida unga O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi «a, v» bandlari (eski tahrirdagi) bilan 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangani haqida hukmni e'lon qilgandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top