21:07 / 21.02.2020
49703

UzAuto Motors kompaniyasi Spark, Cobalt va Lacetti avtomobillarini qo‘shimcha opsiyalar bilan taklif qiladi

UzAuto Motors o‘z takliflarini kengaytirishda va mahsulot sifatini oshirishda davom etmoqda. Mijozlarning talab va istaklarini o‘rganib chiqib, kompaniya 2020 yil boshidan mijozlarga qo‘shimcha opsiya bilan jihozlangan Spark, Cobalt hamda Lacetti avtomobillarini taklif qildi.

Mavjud qo‘shimcha opsiyalar qatoriga avtomobillarni yoritish tizimlari, qo‘shimcha audio funksiyalari va jahon standartlariga oid texnik reglamentga javob beradigan qo‘shimcha funksiyalar kiritilgan.

Shuni ta'kidlash kerakki, qo‘shimcha opsiyalarni o‘rnatishda faqat sertifikatlangan zavod sifatidagi ehtiyot qismlar ishlatiladi. Ularning narxi avtomobilning modeli va o‘rnatilgan opsiyasiga qarab 50 mingdan 500 ming so‘mgacha tashkil qiladi, bu esa bozor va xususiy avtoservislarnikiga qaraganda ancha past.

Bundan tashqari, opsiyalarni zavodda o‘rnatish yanada ishonchli sanaladi, sertifikatga ega bo‘lmagan xususiy servis markaziga murojaat qilish mijozni avtomobil uchun zavod kafolatlaridan mahrum qiladi.

Qo‘shimcha opsiyali avtomobillarni rasmiy dilerlik do‘konlarida xarid qilishingiz mumkin. Shartnoma tuzgan va to‘lovni amalga oshirgan xaridorlar qo‘shimcha shartnomani imzolagan holda qo‘shimcha narxni to‘lash orqali qo‘shimcha opsiyalarga ega bo‘lgan avtomobil sotib olishlari mumkin.

MUHIM: Qo‘shimcha imkoniyatlari bo‘lgan avtomobilni sotib olish yoki qo‘shimcha imkoniyatlari bo‘lmagan mashinani boshqarish har bir xaridorning shaxsiy tanlovidir!

UzAuto Motors kompaniyasi Matbuot xizmati

Top