19:51 / 22.08.2019
29199

«Muborakgazquvurlar» boshqarmasi kadrlar bo‘limi menejyeri pora bilan ushlandi

Foto : KUN.UZ

«Muborakgazquvurlar» boshqarmasi kadrlar bo‘limi menejyeri I.Sh. 20 avgust kuni Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va Muborak tuman prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda qo‘lga olindi.

Ma'lumot berilishicha, u korxona asbobchisi N.O.ni 2019 yil may oyida sababsiz ishga kelmagan bo‘lsa-da, ishdan bo‘shatmasdan olib qolganligi evaziga 300 AQSh dollari talab qilgan.

I.Sh. tumanning «O‘zbekiston» MFY hududida N.O.dan 2 mln so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top