00:04 / 10.11.2019
2
23952

Xususiy tibbiy muassasalar qoshida tug‘ruqxonalar faoliyat ko‘rsatishiga ruxsat beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam qamrovini yanada kengaytirish va sifatini oshirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Foto: TASS

Prezident qaroriga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligining tug‘ruqni qabul qilishdek tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun xususiy tibbiy muassasalarga ruxsat berish taklifi ma'qullangan.

Bunda, tug‘ruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shug‘ullanishga faqat Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining «Xavfsiz onalik» strategiyasi talablariga rioya etilishini ta'minlay oladigan va belgilangan talablarga javob beradigan xususiy tibbiyot muassasalariga ruxsat etiladi.

Qarorga ko‘ra, 2020 yil 1 martga qadar sog‘liqni saqlash va FHDYo organlari o‘rtasida tug‘ilish va o‘lim to‘g‘risida elektron ma'lumotlar almashinuvi dasturi takomillashtiriladi.

2020 yil 1 iyuldan boshlab Elektron ma'lumotlar almashinuvi dasturi barcha tug‘ruqni qabul qilish muassasalarida yuritilishi majburiy hisoblanadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top