10:42 / 11.09.2018
25167

O‘z vaqtida test imtihonlari isloh qilinishi kerakligi haqida gapirgan Abduqodir Toshqulov senator etib saylandi

Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov Surxondaryo viloyatida bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi etib saylangan.

O‘z vaqtida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryodagi ishonchli vakili bo‘lgan Abduqodir Toshqulov o‘tgan yili Facebook’dagi sahifasida uyushtirilgan onlayn muloqot davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) kirish test imtihonlarida qayd etilgan shubhali “tasodiflar”ga munosabat bildirib, “Narxoz”dagi ahvol bundan avval ham shunday bo‘lgani, test imtihonlari isloh qilinishi lozimligi haqida gapirgandi.

Ko‘p o‘tmay 2017 yilning sentabrida Termiz davlat universiteti rektori etib tayinlangan Toshqulov bu yilgi kasbiy (ijodiy) hamda magistratura imtihonlarining adolatli va ochiqlik tamoyili asosida o‘tishini ta'minlashga alohida e'tibor qaratgani aytiladi.

Top