10:47 / 04.05.2018
5167

XVJ: «Xorijliklar uchun statistikaning ochilishi - O‘zbekiston tomonidan ulkan qadam»

Foto: RIA «Novosti» / Natalya Seliverstova

1 maydan O‘zbekistonda Yig‘ma ma'lumotlar milliy sahifasi joriy etildi. Endilikda xorijiy investorlar o‘zlari uchun oddiy bo‘lgan shaklda ma'lumot olishlari mumkin.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) O‘zbekistonning Ma'lumotlar tarqatish kengaytirilgan umumiy tizimi (MTUT)ga qo‘shilishni ma'qullab, bu xorijiy investorlarning mamlakat bozoriga kirishiga yordam beradi, deb ta'kidladi:

«Mening ishonchim komilki, O‘zbekistonning MTUTdan foydalanishi o‘z statistika tizimini yanada rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi», - deya aytib o‘tdi XVJ Statistika departamenti direktori Luis Mark Dyusharm.

XVJ saytida xabar berilishicha, statistikaning chet elliklar uchun ochilishi shaffoflikni ta'minlash yo‘lida uzoq kutilgan qadam bo‘ldi.

«Endilikda xorijiy manfaatdor tomonlar, shu jumladan, kredit, reyting va boshqa tashkilotlar O‘zbekistonda XVJ tomonidan o‘ta muhim deb hisoblangan real vaqt rejimida ma'lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ladi», - deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, sahifada Xalqaro valyuta fondi (XVF) talablari va standartlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va «Toshkent» Respublika fond birjasining talab etilayotgan kategoriyalar bo‘yicha statistika ma'lumotlari joylashtirilgan.

 

Mavzuga oid
Top