10:59 / 05.02.2021
54793

Shavkat Mirziyoyev Shuhrat G‘aniyev haqida: «U kimgadir yoqadi, kimgadir yoqmaydi. Lekin sadoqati bor odam»

Farg‘ona shahrida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyada prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari Farg‘ona viloyati hokimini lavozimga tasdiqlashdan oldin viloyatning avvalgi hokimi – Shuhrat G‘aniyev haqida fikr bildirdi.

«G‘aniyevning eng katta fazilati – u halol odam, u halovati yo‘q odam, o‘zini yuz foiz shu ishga bag‘ishlagan.

U kimgadir yoqadi, kimgadir yoqmaydi. Lekin sadoqati bor odam. Og‘ir sinovli yillarda o‘zini ko‘rsatdi. U qishloq xo‘jaligida ham o‘zining qattiqqo‘lligi bilan katta ishlar qilishiga ishonaman. Shuhrat Madaminovichga omad tilayman», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Publikatsiya ot Kun.uz (@kun.uz)

Ma'lumot uchun, Shuhrat G‘aniyev 2011–2012 yillarda Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘lgan, 2012 yildan buyon Farg‘ona viloyati hokimi sifatida ishlagan.

O‘tgan yilning 25 sentabr kuni Qonunchilik palatasi deputatlari bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Shuhrat G‘aniyev nomzodini ma'qulladi, 29 sentabr kuni prezident Shuhrat G‘aniyevni bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tasdiqladi.

Namangan viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Xayrulla Bozorov hozirda Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi hisoblanadi.

Top