17:06 / 01.05.2015
4695

XVJ missiyasi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

xalqaro valyuta fondi, jamg‘armasi Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasi rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Review.uz xabar bermoqda. 29 aprel kuni yetib kelgan missiya a'zolari 14 mayga qadar O‘zbekistonda bo‘ladi. Delegatsiyaga XVJ Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari departamenti direktori o‘rinbosari Daniela Gressani rahbarlik qilmoqda. Delegatsiya tarkibidan missiya boshlig‘i, departament maslahatchisi Raja Almarzaki, katta iqtisodchi Yun Sekyun, XVJning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xodimi Galina Kostina o‘rin olgan. Tashrif doiraisda O‘zbekiston Markaziy banki, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralarda muzokaralar o‘tkaziladi. Fond vakillari O‘zbekiston hukumati a'zolari bilan, shuningdek, fuqarolik jamiyati va xususiy sektor vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirishgan.
Top