16:37 / 02.05.2015
2338

“Yandeks” firibgar saytlarga urush e'lon qildi

pic_6ed13184771f152d694c2aba34a129c8 Kun.uz: “Yandeks” qidiruv tizimi 30 apreldan yolg‘on orqali o‘z foydalanuvchilarini pulli xizmatlarga obuna bo‘lishga majbur qiluvchi sayt egalarini ularni past baholaydigan algoritmni ishga tushirishi haqida ogohlantirdi Yangi tizim yaqin oylarda kuchga kiradi va qidiruv tizimidan mobil internet orqali (misol uchun, mobil operator modemi yordamida internetge ulangan planshet, smartfon yoki kompyuterda) foydalanganda ishlaydi. Kompaniyaning bunday qadam qo‘yishiga foydalanuvchilar tomonidan tushayotgan ko‘plab shikoyatlar hamda qidiruv tizimining nufuziga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi, mijozlarni aldovchi saytlar majbur qilmoqda. “Yandeks” ma'lumotlariga ko‘ra, ayni paytda bunday firibgar saytlarning soni bir necha mingni tashkil qilmoqda. “Ba'zi saytlar foydalanuvchilarga o‘zlarining saytlarida qidiruv roboti bilan indeksatsiya qilingan kontentni ko‘rsatmaydi. Buning o‘rniga saytlar avtomatik ravishda foydalanuvchilarni (misol uchun, tajovvuzkor reklama oynasini yopish yoki saytda ro‘yxatdan o‘tish orqali) mobil operatorlar kontent-xizmatlariga o‘zlari bilmagan holda obuna bo‘lishlari mumkin sahifalarga qayta yo‘naltiradi”, deb izoh berilmoqda kompaniya matbuot xizmatida. Bunday operatsiyani bajarishda telefondagi pullar telefon raqami yoki sms kiritmasdan yechib olishini mumkin, bunda foydalanuvchi hattoki kichik harflarda yoki ko‘zga tashlanmaydigan bir burchakda yozilgan izoh orqali rasman ogohlantiriladi. “Yandeks” hozirda ham insofsiz saytlarni past baholovchi tizimdan foydalanib kelmoqda. Misol uchun, 2014 yilning boshida qidiruv tizimiga odamni karaxt holga soluvchi reklama: kasalliklar tasvirlangan tizerlar, o‘ta og‘ir vaznga ega odamlarning tana a'zolari aks etgan tasvirlar, erotik mazmunga ega suratlar, qo‘rqinchli filmlardan lavhalardan foydalaniladigan reklama va boshqalardan xoli bo‘lgan saytlarga afzallik beruvchi algoritm joriy qilingan. Bundan tashqari, 15 maydan o‘zini ilgari surish uchun SEO-iqtiboslardan foydalaniladigan resurslar ham yomon baholanadi. SEO-iqtiboslar internetning eko-tizimiga salbiy ta'sir ko‘rsatgani uchun shunday qilinmoqda, chunki ular saytning sifatini oshirish o‘rniga o‘zlarining quvvatlaridan iqtiboslarni sotish uchun past sifatdagi saytlarni yaratish va ommaviylashtirish uchun foydalaniladilar, deb tushuntirilmoqda kompaniyada. xab-1
Top