14:39 / 02.05.2015
2016

Android’da foydalanuvchilarning bank raqamlari haqidagi ma'lumotlarni o‘g‘irlaydigan yangi "troyan" virusi paydo bo‘ldi

54840

Kun.uz: “Kasperskiy Laboratoriyasi” mutaxassislari Android operatsion tizimida foydalanuvchilarga moliyaviy zarar yetkazadigan “troyan” virusi paydo bo‘lgani haqida ma'lum qildi. Virus Google Play yoki Google Wallet ko‘rinishida niqoblanib, foydalanuvchilarning bank raqamlari haqidagi ma'lumotlarni o‘g‘irlaydi.

Bu virus bilan eng ko‘p zararlangan smartfonlar Rossiyada kuzatligan. “Troyan” Google Play’ni o‘rnatishni so‘raydigan SMS-spam orqali tarqalmoqda. Shundan so‘ng virus foydalanuvchi o‘zining bank raqamlari haqida ma'lumotlarni kiritmagunicha, smartfonni ishlatish imkoniga ega bo‘lmaydi.

Top