21:51 / 02.05.2015
2139

Navoiyda "Maxsus dispetcherlik xizmati (1055)” tashkil etiladi

bSo3v113599997573623_b Kun.uz: Navoiy shahri hokimi Ne'matillo Axatov telefon aloqasining maxsus liniyasi "Maxsus dispetcherlik xizmati (1055)” tashkil etish bo‘yicha farmoyish chiqardi. Bundan maqsad shahar hokimligida kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi kamchiliklar, ko‘p qavatli uy-joy fondida, barcha injyenerlik tarmoqlarida sodir bo‘lgan nosozliklarni va kamchiliklarga tezkorlik bilan e'tibor berish, sodir bo‘lgan salbiy holatlarni bartaraf etish hisoblanadi. "Shahar elektr tarmoqlari uchastkasi (U.Karimov), "G‘arbgazta'minoti” UK shahar filiali (A.Axmedov), "Suvoqava” IChB (A.Xamroyev), Obodonlashtirish boshqarmasi (M.Fozilov)lar o‘z korxonalarida tashkil etilgan dispetcherlik xizmatlari xodimlaridan ish joyini shahar hokimligi "Maxsus dispetcherlik xizmati” xonasida belgilangan tartibda tasdiqlangan jadval asosida ishni tizimli tashkil etsinlar", deyiladi farmoyishda. Shahar Moliya bo‘limi rahbari A.Xusanovga shahar hokimligi "Maxsus dispetcherlik xizmati” aloqa to‘lovlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish topshirilgan. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish shahar hokimining birinchi o‘rinbosari L. Oblaqulov zimmasiga yuklatilgan. xab-1
Top